Isroilni qoralab, Falastinni qöllab-quvvatlagan Yulduz Usmonovaning AQŞdagi konserti bekor qilindi. Toşkent uçun yangi aeroport qurilgaç, eskisi yopilişi ma’lum qilindi. Xotinini öldiriş uçun 10 ming dollarga killer yollagan erkak uşlandi. Tibbiy ma’lumotnomani onlayn oliş imkoniyati yaratildi.
Isroilni qoralagan Yulduz Usmonovaning AQŞdagi konserti bekor qilindi
Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning 9 may kuni Nyu York (AQŞ) şahrida ötişi belgilangan konserti bekor qilindi. Bu haqda 4 may kuni tadbir mezboni Oceana teatri xabar berdi.
Konsertning bekor qilinişi – mahalliy siyosatçilar tomonidan qöllab-quvvatlangan qarşilik kampaniyasi ortidan röy berdi. Yulduz Usmonova Falastinni qöllab, Isroilning harakatlarini keskin tanqid qilib kelgani tufayli antisemitizmda ayblanmoqda.
Yulduz Usmonova 5 may kuni bergan izohida konsert uçun barça çiptalar sotib bölinganini aytib, buning uçun muxlislariga minnatdorlik bildirdi. Konsert bekor qilingani haqida gapirarkan, xonanda öz qaraşlarida sobit ekanini ta’kidladi.
Toşkent uçun yangi aeroport qurilgaç, eskisi yopiladi
Toşkent şahri uçun yangi xalqaro aeroport qurilişini şu yil iyul oyida boşlaş rejalaştirilmoqda. Yangi aeroport oçilgaç, hozirgisi yopiladi. Transport vaziri örinbosari Jasurbek Çoriyev sözlariga köra, «konseptual yeçim» bor, agar yangisi oçilsa, eskisini yopiş kerak.
Toşkent şahri uçun yangi xalqaro aeroport Toşkent viloyatining Örta Çirçiq va Quyi Çirçiq tumanlari hududida, 1300 gektar maydonda quriladi. Şavkat Mirziyoyev 2025 yil 15 oktyabr kuni qurilişga start bergan edi.
Rasmiylarga köra, 2017-2025 yillarda poytaxtga aviayölovçilar oqimi 3 karra oşib, yiliga 9 millionga yetgan. 2040 yilga borib, 24 milliondan oşadi. Lekin yiliga 11 million odamga xizmat körsatadigan hozirgi aeroport şahar hududida joylaşgani uçun uni kengaytirişning imkoniyati yöq.
Xotinini öldiriş uçun 10 ming dollarga killer yollagan erkak uşlandi
Toşkent şahrida şar’iy nikohdagi xotinini öldiriş uçun 10 ming dollarga qotil yollagan erkak qölga olindi. Poytaxt IIBB xabariga köra, u qotillikni amalga oşiriş uçun tanişiga oldindan 2 ming dollar bergan. Buyurtmaçi yollanma qotilga ayolning yaşaş manzili, xonadon raqami, avtomobili, kimlar bilan yaşaşi, qaçon uyga kirib-çiqişi haqida batafsil ma’lumotlarni taqdim etgan.
20 aprel kuni ötkazilgan tezkor tadbirda yollanma qotil buyurtmaçi bilan uçraşib, unga xotini öldirilgani haqida xabar bergan. Bu xabarni eşitgan erkak 6,5 million söm hamda jabrlanuvçi nomidagi Tracker avtomobilini topşirgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Tibbiy ma’lumotnomani onlayn oliş imkoniyati yaratildi
Ma’lumotnomani oliş uçun foydalanuvçi my.gov.uz portaliga kirib, «Soğliqni saqlaş» bölimiga ötişi, «086-şakldagi tibbiy ma’lumotnomani oliş» xizmatini tanlaşi va tayyor hujjatni yuklab olişi kerak.
Ilgari uşbu hujjatni oliş uçun tibbiyot muassasasiga boriş va navbatda turiş talab etilgan bölsa, endi bu jarayon raqamlaştirildi.
Muhim eslatma: ma’lumotnoma portalda şakllanişi uçun fuqaro avval tegişli tibbiyot muassasasida şifokorlar körigidan ötgan bölişi lozim. Şifokorlar xulosasi bazaga kiritilgaç, hujjatni masofadan turib oliş mumkin. Xizmatdan foydalaniş mutlaqo bepul va heç qanday hujjat talab etilmaydi.
















