Oxirgi yillarda oltin bilan nimalar böldi?

The New York Times ma’lumot berişiça, 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin AQŞ va Yevroittifoq davlatlari Rossiya Bankining asosan dollar va yevroda joylaştirilgan qariyb 300 milliard dollarlik zaxiralarini muzlatib qöygan. WGC ma’lumotlariga köra, buning ortidan 2022–2024 yillarda markaziy banklar öz zaxiralariga har yili 1000 tonnadan ortiq oltin qöşib borgan.

2026 yil yanvarida oltinning bir unsiyasi 5405 dollargaça kötarilib, tarixiy maksimumga yetdi, birinçi çorak böyiça örtaça narx esa 4873 dollarni taşkil etdi - bu rekord darajadagi çoraklik körsatkiç hisoblandi. May oyi boşlariga kelib narxlar bir unsiya uçun 4500 dollar atrofida böldi.

Gold Demand Trends Q1 2026 hisobotiga köra, jahonda oltinga bölgan umumiy talab (birjadan taşqari bozorni ham hisobga olganda) ötgan yilga nisbatan 2% ga oşib, 1231 tonnani taşkil etdi. Pul ifodasida esa umumiy talab 193 milliard dollarga yetdi.

Nega markaziy banklar oltin uluşini oşirmoqda

Rossiya valuta zaxiralarining bir qismi muzlatib qöyilişi markaziy banklarning xorijda joylaştirilgan valuta aktivlari sanksiyalar orqali bloklanişi mumkinligini körsatdi. WGC tahlillari va The New York Times naşri materiallarida oltin boşqa bir davlat yoki bankning majburiyati hisoblanmaydigan aktiv deb ta’riflanadi, şuning uçun u bunday xatarlarga kamroq duçor böladi.

2010 yildan boşlab markaziy banklar umumiy hisobda oltinning netto-xaridorlariga aylanib, uning zaxiralardagi uluşini oşirib borişdi, 2022 yildan keyin esa bu jarayon yanada tezlaşdi. WGC ma’lumotlariga köra, 2026 yilda Yaqin Şarqdagi uruş qöşimça omil sifatida ta’sir qildi: 28 fevralda AQŞ va Isroilning Eronga zarbalari ortidan oltin narxi tarixiy maksimumlarni yangiladi.