Xitoy raisi Si Jinping özi tayinlagan generallariga nisbatan işonçini yöqotdi, deb yozmoqda The New York Times tahlilçilarga tayanib. Gazetaning qayd etişiça, harbiylarning böşatilişi Xitoy armiyasi modernizatsiyasini xavf ostiga qöyadi. 

«Si Jinping boşqaruvi izçil ravişda yakuniy bosqiçga kirmoqda. Bu bosqiçda uning siyosiy hisob-kitoblari özgarmoqda va u borgan sari atrofidagi a’zolardan xavotirlanmoqda», — dedi Tayvandagi Çençi milliy universiteti professori Tszyan-ven Kou.

NYT naşrining yozişiça, yangi kampaniya kadrlar almaşuvi bilan çeklanib qolmayapti. Xitoyda «mafkuraviy tuzaliş» va «inqilobiy tarbiyalaş» dasturi işga tuşgan. Bundan maqsad ofitserlarning kompartiya va rais Siga sadoqatini mustahkamlaşdir.

Qayd etilişiça, Si armiyani modernizatsiya qiliş uçun özi tanlagan qömondonlar bundan buyon işonçga munosib emas degan xulosaga kelgan. Işonsizlikning sabablaridan biri — korrupsiya.

Vaşingtondagi mudofaa milliy universiteti katta ilmiy xodimi Joel Vutnau Xitoy yetakçisi korrupsiya va mafkuraviy nopoklik orasida parallel ötkazmoqda degan taxminni ilgari surdi. 

«Sining tasavvurida korrupsiya sababli jangovar tayyorgarlikda yuzaga kelayotgan muammolar mafkuraviy nopoklik oqibati hisoblanadi», — dedi u.

Şu yil fevralida The New York Times AQŞ razvedkasiga tayanib oxirgi yillarda Si Jinpingda vasvasa alomatlari kuzatilayotganini yozgandi. Gazeta manbalari Xitoy armiyasi oliy qömondonligidagi tozalaşlarni şu bilan izohlagan.  

Mamlakatda 2023 yildan beri yuqori martabali admiral va generallar soni 30 nafardan 7 nafargaça kamaydi. Markaziy harbiy kengaş raisi örinbosari Çjan Yusyaning hibsga olinişi tozalovning oxirgi epizodi böldi. 

The Wall Street Journal öz manbalariga tayanib u jumladan, Xitoy yadroviy quroli haqidagi muhim texnik ma’lumotlarni AQŞga berganlikda gumon qilinganini yozdi. Sinxua agentligi esa “intizom va qonun jiddiy tarzda buzilgani” böyiça suriştiruv boşlanganini ma’lum qildi.

7 may kuni Xitoyning sobiq mudofaa vazirlari Vey Fenhe va Li Şangfu hukm ijrosini ikki yilga keçiktirgan holda ölim jazosiga hukm qilingani xabar qilindi. Davlat naşrlariga köra, Vey va Li korrupsiyada ayblangan.