Toşkent viloyati Piskent tumani hududida yuk maşinasi tirkamasi yonib ketdi. Toşkent viloyati FVBB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum bölişiça, hodisa 16 may kuni A-373 avtomobil yölining Piskent tumani Guliston mahallasi hududidan ötgan qismida sodir bölgan. Soat 14:26 da viloyat FVBBga yuk maşinasi tirkamasida yonğin sodir bölayotgani haqida xabar kelib tuşgan.

Qutqaruv bölinmalari voqea joyiga yetib borgan va 8 daqiqada yonğinni öçirgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöqligi, hozirda yonğin sababi va zarari aniqlanayotgani bildirilgan.

Yuk maşinasi tirkamadan ajratib olingani sabab şikastlanmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratda tirkamaga ortilgan konditsionerlar ham yonib ketib, yaroqsiz holga kelganini köriş mumkin.

Avvalroq Samarqanddagi YTHda ikkita yuk maşinasi yonib ketgandi.