Rossiya mudofaa vazirligi 16 maydan 17 mayga o‘tar kechasi butun mamlakat bo‘ylab Ukrainaning 556 ta droni urib tushirilganini ma’lum qildi. BBC nashriga ko‘ra, vazirlik hududlar kesimidagi aniq raqamlarni keltirmagan.
Moment a Ukrainian drone crashes into a residential building in Moscow. https://t.co/vEcAt6Pf5M pic.twitter.com/q0ZEdHpV2R
— Woofers (@NotWoofers) May 17, 2026
Biroq dronlar quyidagi hududlarda urib tushirilganiga aniqlik kiritgan:
- Moskva regioni;
- Belgorod, Kaluga, Kursk, Oryol, Bryansk, Voronej, Tula, Smolensk, Pskov, Lipetsk, Tver va Rostov viloyatlari;
- Krasnodar o‘lkasi.
Shuningdek, ushbu raqamga anneksiya qilingan Qrim hamda Qora va Azov dengizlari akvatoriyalari ham kiritilgan, deyiladi hisobotda.
Dneprdagi hujumda 3 kishi jabrlandi
Dnepropetrovsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Ganja viloyat markazi Rossiya qo‘shinlarining tungi hujumiga uchraganini ma’lum qildi. U qo‘llanilgan qurol turiga aniqlik kiritmagan.

Ganjaning yozishicha, Dneprda bir ayol — u og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan — va ikki erkak kishi jabrlangan. Postga vayronagarchiliklarning bir nechta fotosuratlari ilova qilingan.
Moskva regionidagi hujumlar halokatli bo‘ldi
Moskva viloyati gubernatori Aleksey Vorobyov poytaxt yaqin atrofidagi hududlarida uch kishi halok bo‘lganini yozdi.
Vorobyovning yozishicha, Ximkida dron xususiy uyga kelib urilgan, buning oqibatida bir ayol halok bo‘lgan, yana bir kishi vayronalar ostida qolmoqda. Mitishi yaqinidagi Pogorelki qishlog‘ida ikki erkak halok bo‘ldi, deya qo‘shimcha qildi u.

Bundan tashqari, dronlar Krasnogorsk va Istradagi ko‘p kvartirali hamda xususiy uylarga zarar yetkazgan; uch erkak va bir ayol jarohatlangan.











