14:10 / 21.05.2015
3910

Angliyalik erkak yangi rekord o‘rnatganidan so‘ng shifoxonaga yotqizildi

Angliyaning Esseks grafligidagi Dagenem shahrida istiqomat qiluvchi Jyeyson Brinklet Ginness rekordlari kitobiga kiraman deb shifoxonaga tushib qoldi. The Daily Mirror nashrining yozishicha, 44 yoshli erkak dunyodagi eng uzoq vaqt baraban urish bo‘yicha rekord o‘rnatgan.
Ma'lum bo‘lishicha, u 12 soat 5 daqiqa 5 sekund davomida baraban chalib turgan. Rekord o‘rnatilgan zahoti Brinklet qo‘llarini sezmayotganini ma'lum qilgan. Shifokorlar uning qo‘llari jarohatlanganini aniqlaganlar. Keyinchalik rekordsmen 8 soatlik cholg‘udan so‘ng og‘riqni his qilganini, ammo rekord o‘rnatish uchun to‘xtamaganini aytdi.
Undan ilgari bu yo‘nalishda filippinlik Jastin Daniel Arde 2013 yilda 12 soat 3 sekund natija bilan rekord o‘rnatgan edi.

Top