11:30 / 27.05.2015
8544

Toshkent shahrida yangi logistik markaz ochildi

Toshkent shahrining Bektemir tumani hududida zamonaviy logistik markaz ochildi. Bu markaz «GOLD DRIED FRUITS» kompaniyasining mahsulotlarini qadoqlash, saralash hamda saqlash ishlari uchun mo‘ljallangan.

Yangi logistik markaz omborlari zamonaviy sovutish tizimlari va boshqa zarur uskunalar bilan jihozlangan. Bu markaz meva-sabzavotlarini qish va bahor faslida saqlash orqali eksport qilishdan tashqari aholini shu mahsulotlar bilan ta'minlashni ko‘zda tutadi.

Ushbu markaz golland kompaniyasi Celtic Koeling BV bilan hamkorlikda barpo etilgan.

Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi Rikardo Manara ushbu majmuaning Yevropa darajasidagi qulayliklarga ega ekanini va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari keng doiradaligini e'tirof etgan. Uning aytishicha, bu majmua meva-sabzavot taqchilligi kuzatiladigan mavsumda O‘zbekistonning ichki va tashqi bozorga shu mahsulotlarni yetarli miqdorda yetkazib berishi ta'minlanadi.

Suratlar: Jahon axborot agentligi

Top