10:27 / 20.06.2015
1626

Toshkentda “Suv haqida” filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi

18 iyun kuni Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasida iqlim diplomatiyasi kuni munosabati bilan “Suv haqida” filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya elchixonalari, xalqaro tashkilotlar, davlat strukturalari va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Econews.uz resursining yozishicha, iqlim diplomatiyasi kunini nishonlash tashabbusi YeIga tegishli bo‘lib, u tashkilotning 2015 yilgi chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan. Undan ko‘zlangan maqsad iqlim o‘zgarishi muammolariga jahon hamjamiyatining e'tiborini qaratish, jahon miqyosida bu borada olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirishdir.
Film dunyodagi suv muammolariga bag‘ishlanadi. Jumladan, unda Braxmaputra va daryosi suvlarining toshib ketishi, Orol dengizining qurishi, Keniyadagi toza suv muammolari va hokazolar aks etgan.

Top