15:05 / 29.06.2015
2060

Toshkentda 100 mln so‘m soliqni yashirgan noshirlik korxonasi faoliyati fosh etildi

Toshkentning Uchtepa tumanida joylashgan Art Paper Media korxonasi rahbari Dilmurod G‘oziboyev ombor mudiri Muqimjon Soyipov bilan til biriktirgan holda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani aniqlandi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, 2012-2014 yilla orasida korxona 100 mln so‘mdan ziyod soliqlarni to‘lamagan. Bundan tashqari, zaruriy litsenziyaga ega bo‘lmay turib, turli nashriyotlarning 1 mlrd 514 mln so‘mlik kitob va rangli jurnallarini chop etgan.
Tekshiruv davomida aniqlangan mana shu holatlar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Aybdorlar sud qilindi.

Top