00:43 / 19.07.2015
4302

Donald Tramp Makkeynga Vetnamda asirga tushganini eslatib qo‘ydi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp Respublikachilar partiyasidagi hamkasbi Jon Makkeynga Vetnam urushidagi ishtirokini eslatib, uni tanqid ostiga oldi. Bu haqda Politico nashri yozmoqda.

“U urush qahramoni emas. U asirga tushgani sababli qahramon bo‘lgan. Men esa asirga tushmagan odamlarni yaxshi ko‘raman”, deb aytdi Tramp.

Avvalroq Donald Tramp Respublikachilar partiyasidan eng ommaviy nomzod bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Top