22:02 / 26.07.2015
1971

“Formula-1” avtopoygasining rossiyalik poygachisi Daniil Kvyat ilk bor musobaqalar shohsupasiga ko‘tarildi

“Formula-1” avtopoygasining “Red Bull” jamoasining poygachisi Daniil Kvyat Vengriya Gran-prisida o‘zining faoliyatida birinchi marta g‘oliblar shohsupasiga ko‘tarildi. Poygachi gran-prida 2-o‘rinni egalladi.

Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko Kvyat “Formula-1”da agar o‘ziga ishonchni saqlab qolsa va mashinasi pand berib qo‘ymasa, yana ko‘plab marta o‘zini ko‘rsatishini aytib, unga omad tilab qoldi.

“Formula-1” poygalarining sobiq poygachisi Vitaliy Petrov Kvyatni bu natija bilan qutladi. 2011 yilda Petrov Avstraliya Gran-prisida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Kvyat “Formula-1” tarixida rossiyalik poygachilar orasida eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.

Poygada g‘alabani nemis Sebastyan Fettel qo‘lga kiritdi, 3-o‘rinni esa Kvyatning jamoadoshi avstraliyalik poygachi Daniel Rikkyardo egalladi.

Poyga oldidan “Formula-1”ning fransiyalik marhum poygachisi Jyul Byanki xotirasini yod etib, bir daqiqalik sukut saqlandi.

Top