"Al-Qoida" yetakchisi Ayman az-Zavahiriy va uning qo‘l ostidagi “al-Qoida” jangarilari guruhlari “Tolibon” afg‘on ekstremistik harakatining yangi rahbariga sadoqat izhor qilib qasam ichishdi. Bu haqda Reuters agentligi ma'lum qildi.
Ayni paytda Afg‘oniston-Pokiston chegarasiga yaqin “Tolibon” bazalaridan birida yashiringan, deya taxmin qilinayotgan Ayman az-Zavahiriy harakatga yangi rahbar etib tayinlangan Mulla Muhammad Axtar Mansurga sadoqat izhor qildi.