23:51 / 07.09.2015
3481

Tizen operatsion tizimida ishlaydigan Samsung Z3 smartfonining ilk surati paydo bo‘ldi

Bir necha oy avval Samsung kompaniyasi Tizen operatsion tizimida ishlaydigan Z3 smartfonini ishlab chiqarishi haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgan va qurilmaga 5 dyuymli Super AMOLED dislpey hamda 4 yadroli Spreadtrum SC7730S protsessori o‘rnatishili taxmin qilingan edi.

Kecha (6 sentabr) tarmoqda ushbu smartfonning jonli surati paydo bo‘ldi. Suratda qurilma Z1 smartfoniga nisbatan sezilarli darajada katta ekanini ko‘rish mumkin. Shuningdek, smartfonning “Uy” tugmasi ham cho‘zinchoq ko‘rinishga kelib, koreys gigantining boshqa smartfonlariniki kabi ko‘rinishga keltirildi.

Hozirda smartfon haqida boshqa ma'lumotlar oshkor qilinmagan.

Top