08:47 / 13.09.2015
3398

Buyuk Britaniya 8,3 mlrd dollarlik dengiz shamol elektr stansiyasini qurishdan bosh tortdi

Buyuk Britaniya hukumati 8,3 mlrd dollarlik ulkan dengiz shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha Navitus Bay loyihasini rad etdi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.
Qayd etilishicha, hukumat qurilish YuNeSKO butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan sohil bo‘yidan ko‘rinishni buzishi mumkinligi sababli bunday qaror qabul qildi.
Loyiha Eneco Wind U.K. Ltd. va EDF Energy Renewables Ltd. kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan edi.
970 megavattli stansiya La-Mansh bo‘g‘ozida Bornmut va Uayt oroli orasida qurilishi rejalashtirilgan edi.

Top