00:22 / 18.09.2015
5580

BMT: 2014 yilda dunyodagi geroinning 77 foizi Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan

2014 yilda Afg‘oniston geroin ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda “yetakchi” bo‘lgan, biroq bu yili mamlakat hukumati xalqaro hamjamiyatning ko‘magi bilan ko‘knori ekilgan maydonlarni yo‘q qilishni faollashtirdi. Bu haqda BMTning Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha ijrochi direktori Yuriy Fedotov ma'lum qildi.

Fedotovning aytishicha, o‘tgan yili Afg‘onistonda “dunyo bo‘yicha afyun ishlab chiqarishning 85 foizi va geroin ishlab chiqarishning 77 foizi” to‘g‘ri kelgan. Fedotovning ta'kidlashicha, ko‘knorining yetishtirilishi va qayta ishlanishi Afg‘oniston iqtisodiyotidagi eng asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. 2014 yilda mamlakatning butun “afyun iqtisodiyoti” 2,84 mlrd dollarga baholangan va Afg‘oniston yalpi ichki mahsulotining 13 foizini tashkil qilgan.

Top