09:53 / 28.09.2015
3580

Mino vodiysidagi baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘lgan eronliklar soni 169 nafarni tashkil etmoqda

Makkada haj ibodatlarini ado etish chog‘ida yuz bergan tiqilinch tufayli halok bo‘lgan eronliklar soni 169 nafarga yetdi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar berdi.

Bundan tashqari 100 nafar eronlik jarohatlangan hamda 300 nafardan ortiq eronlik bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, fojia 24 sentabr kuni erta tongda Makka yaqinidagi Mino vodiysida sodir bo‘ldi. Ikkita ulkan odamlar oqimi chodirlar shaharchasidan shaytonga tosh otish amali bajariladigan hududga eltadigan yo‘ldagi chorrahada to‘qnash kelib qolgan. Ko‘chalar kesishmasida ulkan tiqilinch vujudga kelib, natijada 769 kishi halok bo‘ldi, eng kamida 934 ziyoratchi jarohatlangan.

Bundan oldinroq, Eron diniy rahnamosi Xamenei Ar-Riyodni Mino vodiysidagi noxush voqea uchun uzr so‘rashga chaqirgandi.

Top