07:04 / 06.10.2015
7896

Saudiya Arabistonida borgan sari ko‘proq ayollar ajrashishga ariza berib, turmush o‘rtoqlariga tovon puli to‘lamoqdalar

Saudiya Arabistoni ayollari oxirgi mahal ajrashishga ariza berib, turmush o‘rtoqlariga tovon puli to‘lamoqdalar.

Mamlakat adliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan  48 foizga oshgan.

Vazirlikda ma'lum qilinishicha, 2015 yilda rafiqalar tomonidan 463 ta ajrashishga ariza berish holati qayd etilgan bo‘lsa, 2014 yilda 313 ta bunday holat qayd etilgandi. Islomda bunday huquq  xul' deb ataladi.

Oilaviy tibbiyot bo‘yicha mutaxassis Xolid Jilban Arab News nashriga bergan izohida ko‘pchilik ayollar "oilalarda yagona boquvchi bo‘lib qolayotganlari, ularning erlari esa o‘z zimmalaridan barcha javobgarlikni soqit qilayotganlari"ga sabrlari tugab, bunday choraga bormoqdalar. Uning aytishicha, saudiyalik ayollar borgan sari o‘zlariga va o‘z kuchlariga ishonchlari ortib bormoqda, ularning ko‘pchiligi yaxshi ta'lim va ishga ega.

Jilbanning fikricha, adliya vazirligi tomonidan keltirilgan statistika xavotir uyg‘otmoqda, chunki "bu holat jamiyat uchun poydevor bo‘lgan oila institutiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin".

O‘z navbatida, oilaviy ishlar bo‘yicha advokat Bayon Zahronning aytishicha, Saudiya Arabistonida "islom arkonlariga ko‘ra ajrashishga ariza berish huquqiga ega ekanliklarini biladigan ayollar soni ortib bormoqda".

Top