Britaniya AQSh va Germaniyaning NATOning sharqiy chegaralarini mustahkamlash uchun Boltiqbo'yi davlatlariga alyansning uzoq muddatga asoslangan qo'shinlarini joylashtirish rejasiga qo'shiladi. Bu haqda 8 oktabr kuni Financial Times gazetasi ma`lum qildi.

Nashr ma`lumotlariga ko'ra, qirollik mudofaa muassasasi rahbari Maykl Fellon Bryusselda bo'lib o'tgan NATOga a`zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari uchrashuvida “Britaniya Sharqiy Yevropa demokratik mamlakatlari mustaqilligi tarafdori” ekanini ta`kidlab o'tdi.

“Biz qirollik harbiy-havo kuchlari samolyotlarini Boltiqbo'yi davlatlari hududiga joylashtirib, ukrain qurolli kuchlarining hal qiluvchi tayyorgarligini ta`minlaymiz. Endi Boltiqbo'yi davlatlari va Polshada yanada muntazamlashgan asosdagi qo'shinlarimiz bo'ladi”, - deya gazeta Fellon nutqidan iqtibos keltirdi.

Yetakchi guruhlarni shakllantirish ishlari 2016 yilda yakuniga yetkaziladi.