15:23 / 10.10.2015
8741

Kim Chen In “Amerika imperialistlari” bilan urushga tayyor

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat “Amerika imperialistlari uyushtiradigan” har qanday urushga tayyor ekanini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar qildi.
Bunday bayonotni Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasining 70 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan parad vaqtida e'lon qildi.

“Inqilobiy partiyaning qurollanishi bizning amerikalik imperialistlar tomonidan boshlanadigan har qanday urushga tayyor ekanimizni ko‘rsatadi”, - dedi Shimoliy Koreya yetakchisi.


Avvalroq Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahridagi Kim Ir Sen maydonida Koreya Mehnat partiyasi tashkil topganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan harbiy parad boshlangani xabar qilingan edi.

Maydonning bir tomonidagi tribunada mamlakat rahbari Kim Chen In o‘z mulozimlari bilan birgalikda paradni kuzatib bordi. Uning yonida Xitoy Kommunistik partiyasining siyosiy byurosi faxriy a'zosi Lyu Yunshan joylashgan.

Top