18:21 / 13.10.2015
3317

Jonni Depp “Oskar” olishni istamasligini ma'lum qildi

Amerikalik aktyor Jonni Depp “Oskar” olishni istamasligini ma'lum qildi. London kinofestivalida “Qora messa” dramasi namoyishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aktyor odamlar oldiga chiqish va nutq so‘zlashni yoqtirmasligini ta'kidladi. Bu haqda BBC News xabar berdi.
“Oskar” g‘oyasi sen kim bilandir raqobatlashishingni anglatadi, men esa hech kim bilan raqobatga kirishmayman. Men shunchaki o‘z ishlarim bilan shug‘ullanaman, nimani istasam, shuni qilaman”, — oydinlik kiritdi aktyor.
Mutaxassislar Depp bosh rolni ijro etgan “Qora messa” filmini Amerika kinomukofotida eng munosib nomzodlardan biri deb atashdi.
Depp bir emas, uch marotaba “Oskar” mukofotini olish uchun nomzodini ilgari surib, biror martasida ham uni qo‘lga kirita olmagan.

Top