08:21 / 20.10.2015
2689

iOS OSda foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotini yashirgan 256ta mobil ilova aniqlandi

Tadqiqotchilari App Store`da maxfiylik siyosatini buzgan 250dan ziyod mobil ilova mavjudligini aniqlashdi, deya xabar bermoqda Arstechnica.
SourceDNA tadqiqotchilik kompaniyasi foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini to‘playdigan 256ta mobil ilovani aniqlashdi, shu paytgacha taxminan 1 mln kishi mazkur ilovalarni o‘z iPhone smartfonlariga yuklab olishgan. Ushbu ro‘yxatdagi ilovalarni ishlab chiqqan dasturchilar shaxsiy ma'lumotlarni faqatgina dasturiy ta'minot yaratuvchilariga yuboradigan qilishgani aytilmoqda.
“Biz birinchi marotaba App Store`da foydalanuvchilar ma'lumotlarining dahlsizligi buzilishiga guvoh bo‘ldik”, - dedi SourceDNA loyihasi asoschisi Neyt Louson. “Bu foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini olish mumkin bo‘lgan juda murakkab vositalardir. Albatta, Apple singari kompaniyalar bu kabi harakatlar yo‘lini to‘sa oladi”, - deya qo‘shimcha qildi u. Louson zararli ilovalar ro‘yxatini Apple`ga topshirganini ham qayd etib o‘tdi.

Top