21:29 / 07.11.2015
7286

KUN.UZ dayjesti: 7 noyabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 7 noyabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Amerikalik ayol o‘z homiladorligi haqida tug‘ruq jarayoni boshlanishi arafasida bildi>>

Metro nashrining xabar qilishicha, 47 yoshli ayol o‘zining homiladorligi haqida tug‘ruq jarayoni boshlanishiga 1 soat qolganida xabar topgan.

So‘nggi tadqiqotlar: jahonda bolalarga eng ko‘p qo‘yilayotgan ismlar ma'lum qilindi>>

AQShlik Lora Uottenberg ismli mutaxassis olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra, yer yuzidagi eng ommabop ism Sofiya ekanligi ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Independent.

Nepalda mashhur aktyor Benedikt Kamberbetch ijrosida yangi blokbaster suratga olinadi>>

Butun dunyoga mashhur bo‘lgan induizm ehromlar majmui — Pashupatinatx manzaralarini Amerika komiksi asosida suratga olingan Doktor Strenj haqidagi filmda tomosha qilish mumkin. Filmni suratga olish ishlari ayni kunlarda Nepal poytaxtida start olgan.

Yangi BlackBerry Priv Android-smartfoni sotuvga chiqarildi>>

AQShda QWERTY-klaviaturasiga ega, vertikal slayderli BlackBerry Priv Android-smartfonining sotuvi boshlandi. Uni AT&T mobil aloqa operatoridan sotib olish mumkin.

Yangi Hyundai Equus modeli Genesis subbrendi ostida chiqariladi>>

Hyundai kompaniyasining Genesis hashamatli subbrendining birinchi vakili uchinchi avlod Equus sedani bo‘ladi, u G90 deb qayta nomlanadi. Bu haqda The Korean Car Blog portali ma'lum qildi.

Audi kompaniyasi 1936 yilgi mashina nusxasini 3D-printeridan chiqardi>>

Audi kompaniyasining avtomobil qurilmalari ishlab chiqaruvchi bo‘limi mutaxassilari 3D-printeri yordamida 1936 yilda ishlab chiqilgan Auto Union Typ C mashinasi nusxasini chop etishdi. 1:2 masshtabda tayyorlangan model metall kukuni yordamida 3D-printertdan chiqarildi.

Ronaldu zamonaviy futboldagi 5 nafar eng yaxshi yosh futbolchi nomini sanadi>>

“Real Madrid” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yosh futbolchilar orasidagi o‘zi uchun eng kuchli deb bilgan 5 nafar futbolchi nomlarini sanadi.

"Yilning eng chiroyli goli" muallifligi uchun da'vogarlar ro‘yxati e'lon qilindi>>

FIFA yilning eng chiroyli goli uchun beriladigan Ferents Pushkash mukofoti uchun nomzodlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Shimoliy Koreyaning aql bovar qilmas arxitekturasi>>

E'tiboringizga faqatgina Shimoliy Koreyada uchratish mumkin bo‘lgan g‘aroyib, aql bovar qilmas va o‘ta chiroyli arxitektura namunalarini havola etamiz.

Eng yaxshi sayyohlik fotosuratlari – 2015>>

Qaltis vaziyatlarga tushish va xavfli nuqtalarda bo‘lib, eng baland osmono‘par cho‘qqilarni zabt etishni yaxshi ko‘radigan insonlarni sayohatning muddati, makoni qiziqtirmaydi. Ular sevimli mashg‘ulotlari uchun haftalab, bir necha oylab sayohat qilishadi.

Foto: 100 xitoylik qiz shisha ko‘prik ustida yoga bilan shug‘ullanmoqda>>

Xitoyning Si xiyobonida qurilgan shisha ko‘prikda 5 noyabr kuni yuzta xitoylik qiz yoga bilan shug‘ullandi. Suratlarga Daily Mail nashri e'tibor qaratdi.

Avstraliyada birinchi bor boshqaruvchisiz avtomobil ishga tushdi>>

Avstraliya yo‘llarida ilk bor haydovchisiz avtomobil paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Australian.

Neymar: “Men “Real”ning o‘yinlarini tomosha qilishni yoqtirmayman>>

“Barselona” hujumchisi Neymarning ma'lum qilishicha, u boshqa jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlarni tomosha qilishni yoqtirmaydi.

Alibaba kompaniyasi Youku Tudou videoxostingini 4,8 mlrd dollarga sotib olmoqda>>

Xitoyning Alibaba Group Holdings kompaniyasi Youku Tudou Inc. videoxostingining 81,7 foiz aksiyasini 4,77 mlrd dollar evaziga sotib olmoqda, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Turkiya aeroportidagi farrosh topib olgan 24,5 ming yevrosini qaytib berdi>>

Istambulning Otaturk nomli xalqaro aeroporti farroshi Emrax Evrensel aeroport ma'muriyatiga VIP-hududning yuvinish xonasidan topib olgan 24,5 ming yevroni opshirdi.
“Men pullarni o‘zimga olib qolishim mumkin edi... 

OAV: "Real" Ronalduning o‘rniga o‘rinbosar topdi>>

Agar Krishtianu Ronaldu madridliklar safini tark etsa, "Bavariya"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski "Real"ga olib kelinishi mumkin. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.

Top