14:18 / 09.11.2015
4050

“Jizzax akkumulyator zavodi” AJ xorijdan strategik sherik qidirmoqda

Toshkentda o‘tgan xalqaro investitsion forum doirasida “O‘zavtosanoat” AK “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ ulushini xorijlik strategik hamkorlarga realizatsiya qilish taklifini aytdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Shuningdek, forumda O‘zbekiston avtosanoatining investitsion salohiyati haqida ma'lumotlar keltirildi. Misol tariqasida JV MAN AUTO Uzbekistan singari bir qancha korxonalardan misol keltirildi.

Ta'kidlanishicha, Jizzaxdagi zavodning 33 foizlik ulushi xorijlik investorga sotilishi ko‘zda tutilmoqda.

Top