15:44 / 16.11.2015
6207

O‘zbekistonda “Yoshlar haftaligi” boshlandi

2015 yil 16 noyabr kuni poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da “Yoshlar haftaligi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostida o‘tkazilayotgan ushbu haftalikning birinchi kuni ommaviy axborot vositalari uchun brifing bilan boshlandi.

Unda tadbir tashkilotchilari jurnalistlarga “Yoshlar haftaligi” doirasida tashkil etiladigan tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.
Shundan so‘ng haftalik doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarga start berildi.

Jumladan, birinchi kun dasturidan Moda va dizayn festivalining ochilish marosimi, Respublika rassomlik kolleji moda namoyishi, Zamonaviy kino industriya uskunalari ko‘rgazmasi, Festival filmlari namoyishi hamda O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabalari spektakli o‘rin olgan.
Mirjahon Yusupov, O‘zDJTU talabasi

Top