15:41 / 23.11.2015
4332

Fuk Det Bich ism-familiyali avstraliyalik o‘z ismi tufayli Facebook`ka kirishi 3 marta to‘sib qo‘yildi

Facebook ma'muriyati Avstraliyada yashovchi, kelib chiqishiga ko‘ra vetnamlik bo‘lgan Fuk Det Bichga o‘z xizmatlaridan foydalanishni to‘sib qo‘ydi. Mirror nashrida yozilishicha, u kiritgan ism inglizchada (Phuc Dat Bich) so‘kinish ma'nosida jaranglashi tufayli shunday qaror qabul qilingan.

O‘z navbatida Fuk Det Bich Facebook`ka nega bunday ism bilan kirganiga izoh sifatida pasporti suratini tarmoqqa joylashtirib, o‘zining ismi haqiqatda shundayligini isbotlagan. Shunda ham ko‘plab internet foydalanuvchilari uning ismi bunday "odobsiz" ekaniga ishona olishmagan.

23 yoshli Fukning pasporti surati 124 mingta layk yiqqan va 67 ming marta boshqa foydalanuvchilaoning sahifasida qayta nashr qilingan.

Uning ma'lum qilishicha, Feysbuk ma'muriyati sahifasini ismi tufayli 3 marta bloklab qo‘ygan.

Fuk endilikda Feysbuk ma'muriyati xodimlarini o‘zini tahqirlashda ayblamoqda.

Qayd etish kerakki, shunga o‘xshash holat bundan avval ham kuzatilgandi. Bir safar Feysbuk ismi Isis bo‘lgan qizning sahifasini IShID abbreviaturasi bilan hamoahangligi uchun to‘sib qo‘ygandi.

Top