18:22 / 02.12.2015
1702

Britaniya politsiyasi terrorizmda ayblab to‘rt kishini qo‘lga oldi

Buyuk Britaniya politsiyasi to‘rt nafar kishini terrorchilik harakati qilishga uringanlikda ayblab, qo‘lga oldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Politsiya xodimining so‘zlariga ko‘ra, gumonlanganlar 2 dekabr kuni, tongda qo‘lga olingan. Ular terakt sodir etishga tayyorlanishda ayblanmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar tomonidan Londondan 50 km uzoqlikda joylashgan Luton shahrining yettita joyi alohida-alohida tekshirilgan. To‘xtatilgan avtomobillar ham politsiya tomonidan tekshirilmoqda.

Politsiyaning ma'lum qilishicha, mazkur hibsga olinganlarning Parij teraktida hech qanday aloqasi yo‘q.

Top