09:19 / 19.12.2015
4313

ESPN: Mourinyu “Manchester Yunayted”ga murabbiylik qilmoqchi

Kuni-kecha “Chelsi”dagi murabbiylik lavozimidan bo‘shatilgan Joze Mourinyu “Manchester Yunayted”ga murabbiylik qilishni istamoqda.

Portaguliyalik mutaxassisning vakillari bu yo‘nalishda ishni boshlab yubordilar. Mourinyuning jamoaga kelishi ehtimoli mankunianliklar rahbariyati tomonidan faol muhokama qilinmoqda: ba'zilar uni munosib nomzod deb hisoblasalar, boshqalar esa portugaliyalik targ‘ib qiladigan futbol “MYu”ga to‘g‘ri kelishiga shubha bildirishmoqda.

Ma'lum qilinishicha, “MYu” rahbariyati Lui van Gal o‘zining shartnomasini 2017 yilgacha ishlay olishi borasida shubha bildirishmoqda.

“MYu” vakillari “Bavariya” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan bog‘lanishdi, biroq unga yana bir Manchester klubi – “Manchester Siti” asosiy da'vogar bo‘lmoqda.

Top