16:26 / 21.12.2015
4138

Afg‘onistonda deputat tolibonlar asirligidan qochib ketdi

Afg‘oniston parlamenti deputati Nasrullo Sodiqizoda Neli o‘zi mustaqil ravishda "Tolibon" jangarilari asirligidan qochib qutilishga muvaffaq bo‘lgan. Hama Press Agency xabarida aytilishicha, u 8 soat davomida mamlakat markazidagi Vardaq viloyatida jangarilar qo‘lidan chiqib ketish uchun uringan.

Manbaning yozishicha, u boshqa asirlar bilan birgalikda jangarilar qo‘lida 10 soat davomida asirlikda bo‘lgan. Deputat va yana bir asir jangarilar nazoratidagi hududni sezdirmasdan tark etish uchun o‘ta ehtiyotkorona va sekin harakatlanishgani tufayli ular faqat keyingi kundagina Afg‘oniston harbiylari nazoratidagi hududga yetib olishgan.

Vardaq viloyati ayni vaqtda mamlakatning eng xavfli hududlaridan biriga aylangan. Joriy yilda bu hududda o‘nlab kishilar o‘g‘irlab ketilgan va o‘ldirilgan.

Top