08:31 / 21.12.2015
6176

Tramp Putin bilan chiqishib keta olishiga ishonchi komilligini aytdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp agar saylovlarda yutajak bo‘lsa, unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan chiqishib keta olishiga ishonchi komilligini aytdi, deb xabar bermoqda ABC telekanali.

“Agar Putin meni hurmat qilsa va meni ajoyib deb atamoqchi bo‘lsa... Men buni qabul qilaman, buni davlatimiz uchun ham qabul qilaman”, deb aytdi Tramp.

Tramp “agar Rossiya bilan kelisha olsak, bu ijobiy natija bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qildi.

“Agar Rossiya IShIDni bombardimon qilmoqchi va bu kurashda bizning qo‘shilishimizni istasa, men buni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman”, deb ta'kidlab o‘tdi Tramp.

Bu orada aynan Trampning o‘zi Putin unga bergan ijobiy bahoga izoh berish davomida o‘zini “ajoyib” deb atadi.

Top