"VKontakte" ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Forbes jurnali talqini bo‘yicha rossiyalik boylarning 200 talik ro‘yxatiga kiritildi.
Durov 0,6 milliard dollar bilan ro‘yxatning 135-o‘rnini band etdi.
U Peterburgdagi universitetda o‘qib yurgan paytlarida talabalar uchun forum tashkil etgan edi. 2006 yilda esa uning bazasida "VKontakte" tarmog‘ini shakllantirdi. 2014 yilning boshida u ijtimoiy tarmoqdagi o‘z ulushini (11,99 foizi) Alisher Usmonovning biznes-hamkori Ivan Tavrinaga 300 million dollarga sotadi.
2013 yilning avgust oyida Durov Telegram messenjerini ishga tushirdi. Hozirda uning auditoriyasi 100 million kishini tashkil etadi.
2014 yilning bahorida u Rossiyadan chiqib ketadi.