14:58 / 22.05.2016
12914

«Tolibon» yetakchisi mulla Mansur AQSh aviazarbasi oqibatida halok bo‘lgani tasdiqlandi

«Tolibon» terrorchi guruhining oliy martabali qo‘mondonlaridan biri mulla Abdulrauf harakat yetakchisi mulla Axtar Mansur AQSh harbiylarining hujumi natijasida halok bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda, Assosheyted Press agentligi xabar tarqatgan.

Mulla Abdulraufning so‘zlariga qaraganda, AQSh harbiylari 21 may kuni kechasi Afg‘oniston va Pokiston chegarasidagi terrorchilar marralariga bir nechta uchuvchisiz uchish qurilmalari orqali zarba bergan.

Bundan ilgariroq Pentagonda Pokiston g‘arbida, Afg‘oniston chegaralariga yaqin hududdagi Ahmad-Val shahrida amerikaliklarning dronlari ichida mulla Mansur bo‘lgani taxmin qilingan avtomobilga zarba bergani haqida ma'lum qilingan, ammo keyinroq bu hujumdan keyin mullaning omon qolgani, mashina haydovchisi va undagi boshqa yo‘lovchi halok bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla Axtar Mansurning o‘limi bilan bog‘liq xabarlar tekshirilayotganini bildirgan edi.

AQSh davlat kotibi Jon Kerrining so‘zlariga ko‘ra, mulla Mansur Afg‘onistondagi amerikaliklar kontingentiga va afg‘onlarga tahdid solib turuvchi shaxslardan edi.

Top