18:37 / 06.06.2016
8104

Juliya Roberts "O‘n yillikning eng yaxshi ayoli" unvoniga sazovor bo‘ldi

5 iyun kuni Kaliforniyada Spike TV Guys Choice Awards telekanalining har yili o‘tkaziladigan 10-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yerga tashrif buyurgan mehmonlar orasida Juliya Roberts, Ben Afflek, Mett Deymon va boshqalarni tomoshabinlar olqishlar bilan kutib olishdi. 

Har yili teletomoshabinlar o‘zlarining sevimli yulduzlariga ovoz beradilar va shu tariqa telekanalning turli kategoriyalardagi g‘oliblari aniqlanadi. Bu safar Juliya Roberts alohida e'tibor va e'tirofga sazovor bo‘lib, u "O‘n yillikning eng yaxshi ayoli" mukofotiga loyiq deb topildi. Aktrisa o‘n martadan ortiq dunyoning eng chiroyli insonlari ro‘yxatini boshqargan. So‘nggi paytlarda Roberts ancha faollashib, yana avvalgidek ko‘p filmlarda suratga tusha boshladi. 

Bundan tashqari, mazkur marosimda ajralmas ikki do‘st Ben Afflek va Mett Deymon "O‘n yillikning eng yaxshi yigitlari" mukofotiga sazovor bo‘lishdi. Ular bolalikdan do‘st, Hollivudga ham birga kirib kelishgan, birinchi "Oskar" mukofotini ham bir film uchun olishgan - biri eng yaxshi ssenariy, ikkinchisi esa eng yaxshi aktyorlik mahorati uchun yuksak mukofotga loyiq deb topilishgan.

Top