08:56 / 03.08.2016
18382

Xitoyda "kelajak transporti" sinovdan o‘tkazildi

Foto: China Xinhua News

Xitoyda portal yoki yer usti avtobusi deb nomlanuvchi TEB-1 avtobusining sinovi o‘tkazildi. Avtobus konstruksiyasi uning ostidan boshqa avtotransportning o‘tishiga imkon beradi.

Mahalliy OAVga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qilishicha, "kelajak transporti" deb e'tirof etilayotgan avtobusning sinovi Xebey viloyatidagi Tsinxuandao shahrida o‘tgan. Avtobus uzunligi 22 metrni, eni 7,8 metrni va balandligi 4,8 metrni tashkil qiladi. 

Avtobus shunday loyihalanganki, u ikki chetidagi ustunlarda yo‘l chetiga o‘rnatilgan maxsus relslarda harakatlanadi. Avtobus eni uning ostidan ikki polosadagi avtotransportning o‘tishiga imkon beradi va shu tariqa tirbandlik keltirib chiqarmaydi.    

Ta'kidlanishicha, avtobus o‘z ichiga 300 yo‘lovchini sig‘dira oladi.

Top