20:40 / 27.09.2016
9370

Sanchis Ronalduga uni almashtirishgan vaqtda tarkibdagi eng kuchsiz futbolchi bo‘lganini tushunishni maslahat qildi

Madridning «Real» jamoasi sobiq himoyachisi Manuel Sanchis Krishtianu Ronalduning Ispaniya chempionati 6-turida «Las-Palmas»ga qarshi kechgan va 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuv davomida o‘zini tutgani borasida fikrini bildirib o‘tdi.

Jamoa bosh murabbiyi Zaynidin Zidan uni 72-daqiqada zaxiraga olgan, bu esa portugaliyalik futbolchiga umuman yoqmagandi. Zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgancha u Zidanga qarata nojoiz so‘zlar ishlatgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

«Futbolchini almashtirishsayu, bundan norozi bo‘lish yaramaydi. Har bir futbolchi maydonda 11 o‘yinchi o‘ynashigagina ruxsat berilganini yaxshi tushunishi kerak. Agar murabbiy uni almashtirishni tanlagan bo‘lsa, demak u o‘sha vaqtda maydondagi eng kuchsiz futbolchi bo‘lgan», — deya Sanchisning so‘zlarini keltirgan Cope nashri.

Mavzuga oid
Top