11:05 / 30.09.2016
9590

Halabda jangarilar istalgan binolarini, hatto masjidlarni ham vayron qilmoqda

Foto: RIA

Suriyaning Halab viloyatida o‘t ochishlar nafaqat turar-joy binolariga, balki masjidlarga ham qaratilmoqda. Bu haqda Beni-Zeyd tumanida yashovchilar ma'lum qilgan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, jangarilar aholi yashayotgan kvartallarga qasddan o‘t ochmoqda, istagan binolarini vayron etib, yo‘q qilishmoqda.

"Mening uyimga qarang. Terrorchilar qo‘shnimning uyini vayron etishdi, ko‘plab odamlarni o‘ldirishdi. Ular musulmonlar emas", — dedi shayx Muhammad Abud.

Beni-Zeyd tumani Halabning sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, jangarilar uchun muhim nuqtalardan biri hisoblangan. U bir necha oy muqaddam qayta egallangandi. Ammo hozir u Halabning eng xavfli tumanlaridan biriga aylangan. Mahalliy hukumat vakillari bu yerni vayronalardan tozalamoqda, buzilgan uylar va binolarni qayta tiklashmoqda. Ammo terrorchilar tinchlik jarayoniga to‘sqinlik qilish uchun barcha ishlarni qilishmoqda, ozod bo‘lgan kvartallarga aholining qaytishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Top