15:53 / 13.10.2016
9799

Turk lirasi tarixiy minimumgacha pasaydi

Foto: TASS

13 oktabr kuni ochilgan savdolarda turk lirasi tarixiy minimumni qayd etdi.

Bloomberg xabarida qayd etilishicha, lira AQSh dollariga nisbatan 0,6 foiz, tarixiy minimumgacha – 1 dollar uchun 3,1057 liraga pasaydi. 

Bundan oldingi antirekord (3,0973/$1)  Turkiyadagi harbiy to‘ntarishga urinish ro‘y bergan kunlarda qayd qilingandi.

Turkiya markaziy banki 2016 yilda bir necha marta milliy valyuta daromadlari pasayishi tufayli foiz stavkalarini pasaytirgandi.

Mavzuga oid
Top