2016 yilning 31 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Saudiya Arabistoni Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdurahmon bin Abdulloh ash-Shaya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TIV sayti xabarida aytilishicha, suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari hamda ayrim xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashilgan.