12:47 / 13.11.2016
16977

Video: Makgregor Alvaresni yengib, 2ta vazn toifasida chempion bo‘lgan UFC tarixidagi ilk sportchiga aylandi

Irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi, o‘rta yengil vaznda (61-66 kg) UFC jahon chempioni kamari sohibi Konor Makgregor yengil vazndagi (66-71 kg) jahon chempioni, amerikalik Eddi Alvaresga qarshi kechgan jangda g‘olib bo‘ldi. Nyu-Yorkda UFC 205 musobaqasi doirasida o‘tkazilgan uchrashuv irlandiyalikning 2-raunddagi muddatdan avval g‘alabasi bilan yakunlandi. Irlandiyalik hujumlaridan birida amerikalik jangchini nokautga uchratdi. 

E'tiborlisi, Makgregor UFC tarixida ikkita turli vazn toifasidagi chempionlik kamarini o‘zida birlashtira olgan birinchi jangchi bo‘ldi. Shuningdek, UFC 205 Nyu-Yorkda aralash yakkakurash janglari bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi musobaqa bo‘ldi. Avvalroq MMA qoidalariga ko‘ra shtatda bu janglarni o‘tkazish man qilingan edi, biroq Assambleya 2016 yilda bu taqiqlovning bekor qilinishiga ovoz bergan. 

Jangchi faoliyatidagi bu muhim g‘alabasidan keyin "unga hech kim qo‘rqinchli emasligini" aytdi.

"Alvares – mening darajamdagi jangchi emas. U haqiqiy jangchi, biroq men undan ancha ustunman. Mendan bu kamarlardan hattoki birini tortib olmoqchi bo‘lgan istalgan odam yaxshilik kutmasin. Men barchasini yo‘q qilib tashlayman! Bilingki, men hech kim oldida uzr so‘ramayman. Buni chin yurakdan aytmoqdaman. Kimki meni jangga chaqirmasin, men uni kulgiga qoldiraman", deb aytdi jangchi.

Musobaqadan o‘rin olgan qolgan uchrashuvlar quyidagicha yakunlandi:

Erkaklar.
77 kg gacha. Titul jang. Tayron Vudli (AQSh) (16-3-1) — Stefen Tompson (AQSh) (13-2-1) — durrang.
84 kg gacha. Kris Ueydman (AQSh) (13-2) — Yoel Romero (Kuba) (13-1) — Romero g‘alabasi.
66 kg gacha. Frenki Edgar (AQSh) (21-5-1) — Jyeremi Stefens (AQSh) (25-13) — Edgar g‘alabasi.
70 kg gacha. Xabib Nurmagomedov (Rossiya) (24-0) — Maykl Jonson (AQSh) (12-9) —Nurmagomedov g‘alabasi.
84 kg gacha. Tim Byotch (AQSh) (20-10) — Rafael Natal (Braziliya) (21-8-1) — Byotch g‘alabasi.
77 kg gacha. Visente Luke (Braziliya) (11-5-1) — Belal Muxammad (AQSh) (10-2) — Luke g‘alabasi.
73 kg gacha. Jim Miller (AQSh) (28-8) — Tyagu Alves (Braziliya) (21-11) — Miller g‘alabasi.

Ayollar.
52 kg gacha. Titul jang. Yoanna Yenjyeychik (Polsha) (13-0) — Karolina Kovalkevich (Polsha) (10-1) — Yenjyeychik g‘alabasi.
61 kg gacha. Misha Teyt (AQSh) (18-7) — Rakel Pennington (AQSh) (9-5) — Pennington g‘alabasi.
61 kg gacha. Liz Karmush (AQSh) (11-5) — Ketlin Chukajan (AQSh) (8-1) — Karmush g‘alabasi.

Top