08:07 / 01.12.2016
6751

OAV Yevropaning ikki mamlakati chegaralari o‘zgarishi haqida xabar qilmoqda

Foto: © AP

Yevropaning ikki davlati Belgiya va Niderlandiya hukumatlari Maas daryosi uzra joylashgan yer uchastkalarini o‘zaro almashishga kelishib olishdi. Bu chegaralarni soddalashtirish maqsadida amalga oshiriladi, deb yozmoqda The Guardian.

Nashrning qayd etishicha, davlat uncha katta bo‘lmagan yer hududlarini bir-biriga taqdim etadi. Biroq bu teng almashuv emasligi ta'kidlanmoqda. Niderlandiya 3 gektar yer evaziga 16 gektar yerni qabul qiladi. Rasman bu o‘zgarishlar 2018 yilda kuchga kirishi uchun mamlakatlar parlamentlari 28 noyabrda ikki davlat tashqi ishlar vazirlari imzolagan shartnomani tasdiqlashlari lozim. 

Gazetaning yozishicha, ikki davlatning Maas daryosi sohillaridagi chegarasi 1830 yili, Belgiya mustaqillikka erishganida belgilangan. Ammo, 1961 yilda daryo o‘zani kema qatnovini qulaylashtirish maqsadida sun'iy ravishda to‘g‘rilandi. Buning natijasida qayiq yordamida bir davlatdan ikkinchisiga chegaralarni buzmasdan borish mumkin bo‘lgan edi. 

 

Top