09:49 / 20.12.2016
4864

Yil boshidan beri Yevropaga yo‘l olgan 4,9 ming qochqin dengizda halok bo‘ldi

Foto: AP

Yil boshidan beri Yevropaga O‘rta yer dengizi orqali bormoqchi bo‘lgan 49 mingdan ortiq muhojir va qochqinlar halok bo‘ldi. Bu haqda muhojirlik bo‘yicha Xalqaro tashkilot ma'lum qildi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropaga 1 yanvardan 386 495 muhojir va qochqin, jumladan O‘rta yer dengizi orqali 358 156 kishi kelgan. Ularning asosiy qismi Gretsiya (taxminan 176 ming kishi) va Italiyada (taxminan 179 ming) joylashtirildi. Ispaniya qirg‘oqlariga esa 5,4 mingdan ortiq kishi kelib tushgan.

Gretsiyaga 13-19 dekabr kunlari 278 muhojir va qochqin kelgan bo‘lsa, Italiyaga - 2712. Gretsiyaga asosan suriyaliklar, afg‘onlar va pokistonliklar keldi. Italiyaga esa – nigeriyaliklar, eritreyaliklar va gvineyaliklar kelgan.

Yil boshidan beri O‘rta yer dengizida 4901 kishi halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qolgan. Aksariyat kishilar Shimoliy Afrikadan Italiyaga bo‘lgan yo‘nalishda qurbon bo‘ldi (4404 kishi). Turkiyadan Gretsiyaga esa yil boshidan beri kelmoqchi bo‘lgan 429 muhojir halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Shimoliy Afrikadan Ispaniyaga qarab yo‘l olganlar orasida esa bu ko‘rsatkich – 69 kishini tashkil etgan.
 

Mavzuga oid
Top