18:02 / 05.01.2017
9779

BMW kelajakdagi avtomobil ichki ko‘rinishini namoyish etdi

BMW kompaniyasi Las-Vegasdagi CES iste'molchilik elektronikasi ko‘rgazmasida i Inside Future kontseptini taqdim etdi. U kelajakdagi avtomobillarning ichki ko‘rinishini tomosha qilish imkonini beradi. Qurilma golografik displeyga ega bo‘lgan HoloActive Touch multimediya tizimi bilan jihozlandi.

Ishlab chiqaruvchilarning ta'kidlashicha, virtual ekran o‘z ichiga proyektsion displey imkoniyatlari, imo-ishoralar bilan boshqarish texnologiyasi hamda “ichki sezgirlik” tachskrinini qamrab oladi. Tasvir markaziy konsol ustida paydo bo‘lib, tizim sensorli displeyga teguvchi barmoqlar xatti-harakatini farqlaydi. Shu tariqa, multimediya majmuasining barcha funksiyalarini boshqarish mumkin.

i Inside Future'ning to‘rt o‘rinlik salonida tugmalar yo‘q. Shu bilan bir qatorda, o‘ng tomondagi panelning tagida kitoblarni saqlash uchun joy ajratilgan.

Shuningdek, kompaniya CES ko‘rgazmasida Connected Window multimediya tizimini ham namoyish etdi. U oynalarni eslatuvchi uchta monitordan iborat.

Boshqaruv imo-ishoralar va ovoz yordamida amalga oshiriladi, funksional tizim esa insonning har kunlik vazifalariga moslashtirilgan. Connected Window raqamli organayzer bo‘lib xizmat qiladi hamda vaqtni turli omillarni hisobga olgan holda to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi.

Taxminlarga ko‘ra, tizimda smartfon va shaxsiy kompyuterdagi ma'lumotlarni ham saqlash mumkin. 

Top