Mercedes-Benz rekord sonda mashinalar sotdi

Texnologiya 09 Yanvar 2017 3982
Фото: EPA/MARJIAN MURAT

Mercedes-Benz 2016 yilda rekord sondagi 2,083 mln ta avtomobil sotdi. Bu haqda Daimler konserni matbuot bayonotida ma`lum qilindi.

2015 yilga nisbatan kompaniyaning savdosi 11,3 foizga oshgan. Reuters axborot agentligi xabar berishicha, Mercedes-Benz sotilgan avtomobillar bo'yicha o'zining asosiy raqobatchisi BMW’dan o'tib ketdi.

Daimler direktorlar kengashi raisi va Mercedes-Benz bo'limi boshlig'i Diter Tsetshening aytishicha, 2016 yil kompaniya tarixidagi eng muvaffaqiyatli yil bo'lgan.

Ta`kidlanishicha, eng ko'p avtomobil dekabr oyida sotilgan  (190 269 ta).

Hammasi bo'lib Mercedes 2016 yilda Yevropada 900 mingta (+12,4 foiz), Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 734 169 ta (+19,3 foiz) avtomobil sotgan.

 

Ko'proq yangiliklar: