15:24 / 09.01.2017
9566

Sankt-Peterburgdagi universitet binosidan o‘qituvchining jonsiz tanasi topildi

Rossiya tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg boshqarmasi Katta dengiz ko‘chasidagi binodan jonsiz holatda topilgan erkak jasadi yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda 9 yanvar kuni tashkilot matbuot xizmati ma'lum qilgan.

«Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, erkak o‘z joniga qasd qilgan. Bu qanday amalga oshirilgani aniqlanmoqda», — deyiladi ma'lumotda.

RIA Novosti agentligining manbasiga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlarining ma'lum qilishicha, marhum Sankt-Peterburg davlat universitetida aerokosmik asbobsozlikdan dars bergan. O‘limoldi yozuv qoldirmagan.

«Fontanka»ning yozishicha, 1952 yilda tug‘ilgan erkak sifat boshqaruvi kafedrasining laboratoriyasida yetakchi bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top