CES-2017 ko'rgazmasida dunyodagi ilk uch monitorli noutbuk prototipi o'g'irlab ketildi

Texnologiya 10 Yanvar 2017 2748
Фото: Twitter .com @Razer

AQShning Las-Vegas shahrida Razer’ning uch monitorli noutbuki nusxasi o'marib ketildi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Min-Lyan Tan o'zining “Feysbuk”dagi sahifasida xabar bergan.

Razer rahbarining so'zlariga ko'ra, Project Valerie’ning ikki nusxasi yakshanba, 8 yanvar kuni kechqurun stenddan o'g'irlab ketilgan. Min-Lyan Tan kompaniya bu oddiy o'g'irlik yoki sanoat josusligi harakati bo'lganini hali bilmasligini ma`lum qildi.

Jinoyatchilarni qidirib topishga yordam beruvchi ma`lumot uchun 25 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofot puli va`da qilindi.

Ma`lumot uchun, Project Valerie – uchta 17 dyuymli monitorga ega bo'lgan o'yin noutbuki bo'lib, ularning har birida 4K kengligi mavjud. Ikkita qo'shimcha monitor asosiysining yoniga joylashtiriladi.

Ko'proq yangiliklar: