Obama o'z yordamchisiga kuyovjo'ra bo'ldi

Jamiyat 11 Yanvar 2017 11167
Фото: Twitter

Internetda AQSh prezidenti Barak Obama o'z yordamchisiga kuyovjo'ra bo'lgan to'y marosimidan suratlar paydo bo'ldi. Fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda va BuzzFeed saytida chop etildi.

Washington Post nashrining xabar berishicha, Obama golf bo'yicha sherigi va yordamchisi Marvin Nikolson va kelin Xelen Paychichning to'yida kuyovjo'ra bo'lgan. To'y Floridaning Sent-Jons daryosidagi qarorgohda bo'lib o'tgan.

Nikolson Obamaga butun prezidentlik muddati davomida yordam berib kelgan. U Obamaning safarlarini rejalashtirish uchun javob bergan va unga golf o'yini yoki samolyotda ketayotganda qarta o'yinlarida sheriklik qilgan.

Kelin ham oxirgi vaqtlarda Obama ma`muriyatining ta`lim departamentida ishlagan. Kelin-kuyov Obamaga 2008 yilgi kampaniyasida yordam berishgan, kelinning otasi Stiv Paychich esa Obamaning kampaniyasiga mablag' yig'ish bilan shug'ullangan.

Obama to'yga rafiqasisiz kelgan, unga bir necha nafargina yordamchisi va smokinglar kiyib olgan maxsus xizmat xodimlari hamrohlik qilishgan.

To'yda shuningdek AQSh davlat kotibi Jon Kerri ham ishtirok etgan. Nikolson Obama qo'l ostiga ishga o'tishdan avval Kerrining yordamchisi bo'lib ishlagan.

 

Ko'proq yangiliklar: