11:42 / 16.01.2017
3854

OPeK bosh kotibi Venesuelaga tashrif buyurdi

Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti OPeK bosh kotibi Muhammad Barkindo 15 yanvar kuni Venesuelaga tashrif buyurdi. Bu haqda Janubiy Amerika davlati neft vazirligi xabar qilgan. 

"OPeK bosh kotibi neft bozoridagi vaziyatni muhokama qilish maqsadida Venesuela hukumati bilan uchrashadi", — deyiladi vazirlikning Twitter mikroblogida. U yerda OPeK bosh kotibining kelishiga doir suratlar ham e'lon qilingan.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro, o‘z navbatida, narxlarni barqarorlashtirish uchun yangi taklifni ilgari surish niyatida ekanini bildirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelasi haftada, o‘z taklifi bildirilgan maktublarni barcha manfaatdor tomonlarga yuboradi. 

OPeK 30 noyabrda neft qazib olishni kuniga 1,2 million barrelga qisqartirishga qaror qilgan edi. Tashkilotga kirmaydigan mamlakatlar 10 dekabrda kuniga 558 ming barrelga qisqartirish borasida bitimga kelgandi. 

Mavzuga oid
Top