22:35 / 26.02.2017
11535

Xitoy kompaniyasi AQShdagi o‘rtacha tezlikdan 50 barobar katta tezlikda ishlaydigan smartfon taqdim etdi

ZTE kompaniyasi Barselonada bo‘lib o‘tayotgan Mobile World Congress (MWC) ko‘rgazmasida dunyodagi ilk "gigabitli smartfon"ni namoyish qildi. 

Smartfon xususiyatiga mos ravishda Gigabit Phone nomini olgan. U mobil tarmoqlarda 1 gbit/soniya tezlikni qo‘llab quvvatlaydi. Bu AQSh operatorlarining o‘rtacha o‘tkazish imkoniyatlaridan 50 barobar kuchliroqdir.

Smartfonga Qualcomm Snapdragon 835 protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu chip 2,45GGts taktli chastotada ishlaydigan 8ta Kryo 280 yadrosidan tashkil topgan. Grafik tezlashtirgich sifatida tezkor Adreno 540 o‘rnatilgan.

Tarmoqlarda ishlashi uchun X16 LTE modemi javob beradi. Ko‘chirib olishning eng yuqori tezligi 1 Gbit/soniyani, yuklash tezligi esa 150 Mbit/soniyani tashkil etadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, gadjyet hozirda bozorga chiqarish uchun tayyor emas. Hozirgi holatida u yangi avlod tarmoqlaridagi tezlik imkoniyatlarini namoyish qiladi, xolos. 

Mavzuga oid
Top