Rokfellerlar oilasi boshlig'i vafot etdi

Jahon 20 Mart 2017 20585

Amerikalik milliarder Devid Rokfeller 101 yoshida olamdan o'tdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, u Nyu-Yorkdagi uyida uyqudaligi vaqtida jon bergan. Uning o'limi sababi aniq emas.

Devid Rokfeller — dunyodagi ilk dollar milliarderi, Standart Oil neft kompaniyasi asoschisi Jon Rokfellerning nabirasi edi. Jon Rokfeller neft sanoati orqali dunyoning eng boy odamiga aylangan, u bir qator xayriya fondlariga asos solgan, uning oilasi vakillari hozirga qadar sayyorada katta ta`sirga ega kishilar hisoblanishadi.

Ko'proq yangiliklar: