11:29 / 28.03.2017
14042

FIFA Messini diskvalifikatsiya qilishi mumkin

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi FIFA tomonidan diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.

Bundan avvalroq, OAVda JCh-2018 saralashi doirasida Argentinaning Chiliga qarshi uchrashuvi vaqtida Messi qanot hakamlaridan birini haqorat qilgani haqida xabar qilingan edi. 

Bu ma'lumot FIFAga ham yetkazilgan, federatsiya Argentina terma jamoasidan bu borada izoh so‘ragan. AFA esa buni tasdiqlaydigan isbot yo‘qligini ma'lum qilgan.

Shundan so‘ng FIFA uchrashuvda ishlagan braziliyalik hakamlar brigadasiga murojaat qilgan. Ular bir ovozdan Messidan haqoratli so‘zlar eshitishmaganini aytishgan.

FIFA esa hakamlar bu xabarni tasdiqlamagan bo‘lsada futbolchini jazolash huquqiga egaligini eslatib o‘tgan.

Top