22:58 / 30.03.2017
113851

Prezidentning ko‘ngli to‘lmagan. Toshkent shahridagi rahbarlarga 2 oy muhlat berildi

Bugun, 30 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev belgilangan vazifalar ijrosi, tizimdagi muammolar va sohalarning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi.

Bugungi selektorda soha va tizimda shu davrgacha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar taqdim etildi. 

«O‘zbekiston» telekanali «Axborot» dasturida berilgan lavhada aytilishicha, videoselektorda ko‘p qavatli uy-joylarni ta'mirlash, kommunal, sog‘liqni saqlash sohalari, ichki ishlar tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Videoselektorda ishtirok etgan manbaning ma'lumot berishicha, prezident asosan Ichki ishlar tizimidagi kamchiliklar haqida gapirgan. 

Prezident 25 mart kungi shahar aylanishdan ko‘ngli to‘lmagan. U ko‘priklar qurilishi bo‘yicha olib borilgan ishlar va militsiya faoliyatidan qoniqish hosil qilmagan.

Yunusobod tumani rahbariyati faoliyati keskin tanqid qilingan. Aynan shu sababdan nafaqat tuman hokimi, balki, Soliq boshqarmasi, prokuratura va IIB rahbarlari ham ishdan olingan.

Majlisda Toshkent shahri hokimi, prokuror, IIB boshlig‘i hamda Soliq boshqarmasi rahbariga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 2 oy muhlat berilgan.

Mirziyoyevning tashrifidan keyin Yunusobodda hokim o‘zgardi

 

 

Mavzuga oid
Top